Toshkentning ayrim ko‘chalarida tezlik 80 km/soatgacha oshirilishi mumkin

Saqlash
09:45 / 13.08.2025 73 0

Toshkent shahrida ayrim ko‘chalardagi harakat tezligini 80 km/soatgacha ko‘tarish rejalashtirilmoqda. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Elmurod Alimov xalq deputatlari shahar kengashining navbatdagi yig‘ilishida ma’lum qildi.

 

Yig‘ilishda Toshkent shahrining Bunyodkor, Sebzor, Ahmad Donish hamda Toshkent halqa yo‘li va Yangi O‘zbekiston ko‘chalarida transport vositalari uchun cheklangan yuqori tezlik chegarasini 80 km/soatga o‘zgartirish hamda 12 ta ko‘chada bir tomonlama harakat yo‘nalishini tashkil etish taklif etildi.

 

Mazkur tashabbus o‘rganishlar natijalari, shuningdek, mahalliy va xorijiy tajriba tahlili asosida tirbandlik va yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, harakat xavfsizligini ta’minlash va yo‘l harakati qatnashchilariga qulaylik yaratish maqsadida ilgari surilayotgani qayd etilgan.

 

YHXB vakili so‘nggi oylarda tez-tez svetoforlarning o‘chirilishiga sabab bo‘layotgan elektr ta’minotidagi muammolarga ham e’tibor qaratdi.

 

“Svetoforlar ishlamay, tartibsizliklar yuzaga kelyapti. Besh-olti soat, sakkiz soat, ikki soatlab shunaqa holat bo‘lyapti. Ya’ni biz shunda nima qilyapmiz? Inspektorlarning jismoniy kuchidan foydalanyapmiz”, degan YHXB boshlig‘i o‘rinbosari.

 

Ushbu muammoni hal qilish uchun u markaziy chorrahalarda uzluksiz quvvat manbalarini o‘rnatishni taklif qildi.

 

“500 ta poytaxtdagi markaziy chorrahalardagi svetofor obyektlariga UPS moslamasini o‘rnatish taklifini beryapmiz. Ya’ni, svet o‘chib qolgan taqdirda ham o‘zining besh-olti soatga yetadigan quvvati bo‘ladi. Svet kelguncha bemalol svetoforimiz ishlashi mumkin”, — dedi u.

 

Deputatlardan biri yangi tezlik chegarasi qachon kuchga kirishini so‘radi. “Hokimlik va mutasaddi tashkilotlarga taklif kiritdik, e’lon qilamiz”, — deb javob berdi Alimov.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi yangiliklar

Barchasi

Ilm-fan

21:00 / 18.08.2025 0 258
O‘zbekiston yoshlari Ginnes rekordini yangiladi

Jamiyat

16:48 / 18.08.2025 0 58
Prezident Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurdi

Jamiyat

12:47 / 18.08.2025 0 93
Hafta davomida harorat pasayadi

Ko‘p o‘qilgan

Barchasi
109340
72685

//