Jamiyat
Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi, O‘zbekistondagi xorijiy va xususiy oliygohlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 18–19-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Bilimni baholash agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, test sinovlari ikki kun davomida ikki smenada tashkil etadi. Birinchni smena imtihonlari soat 08:00 dan 11:00 gacha, ikkinchisiniki 15:00 dan 18:00 gacha davom etadi.
Test sinovlari ikkita mutaxassislik va uchta majburiy fan bo‘yicha o‘tkaziladi. Talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 30 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan (jami 90 ta) test topshirig‘i va ularni ishlash hamda javoblar varaqasiga ko‘chirish uchun uch soat vaqt beriladi.
Talabgor test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan olishi mumkin. Imtihon topshirish uchun binoga belgilangan vaqtdan kechikmasdan, pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelish zarur.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
110588
Jamiyat
94409
Jamiyat
90302
Jamiyat
74044
Jamiyat
//
Izoh yo‘q