
Jahon
Butunjahon taekvondo federatsiyasi prezidenti Chungvon Chou Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Toqayevga qora belbogʻ topshirdi. Bu haqda Tengrinews.kz xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun Qozogʻiston prezidenti Butunjahon taekvondo federatsiyasi prezidentini qabul qilgan. Toqayevga koʻra, Chungvon Chou tashrifi Qozogʻistonning sport jamiyati uchun muhim voqelik sanalib, Butunjahon taekvondo federatsiyasi mamlakatda ushbu sport rivoji uchun har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga tayyorligini bildiradi.
Qozogʻston prezidenti shuningdek, taekvondo shunchaki olimpiya sport turi emas, balki uygʻunlik tamoyillariga asoslangan falsafa, intizom va butun dunyo odamlarini birlashtiradigan oʻzaro hurmat ekanini taʼkidlagan.
Uning soʻzlariga koʻra, xalqaro G1 kategoriyasidagi Kazakhstan Open 2025 reyting turnirining Ostonada oʻtkazilishi Milliy federatsiyaning raqobatbardoshligini oshirishga, shuningdek, tajriba almashinish orqali mahalliy sportchilarning professional oʻsishiga xizmat qiladi.
Qozogʻiston prezidenti uchrashuvda shuningdek, Chungvon Chouni dunyo boʻylab taekvondo rivojiga qoʻshgan hissasi uchun II darajali “Dostыk“ ordeni bilan mukofotladi.
Jahon
Ilm-fan
Jahon
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q