Telegram shantaj va tovlamachilik qiluvchi kanallarni bloklashni boshladi

Saqlash
15:57 / 12.08.2025 50 0

Telegram foydalanuvchilarning yuzlab shikoyatlariga javoban shaxsiy maʼlumotlarni chop etib, tovlamachilik qilgan kanallarni ommaviy bloklamoqda. Bu haqda messendjer asoschisi Pavel Durov maʼlum qildi.

 

Unga koʻra, foydalanuvchilar firibgarlik va shantaj haqida yuzlab xabar yuborgan va Telegram koʻplab kanallarni bloklagan.

 

Ushbu materiallar asosida messendjer shaxsning personal maʼlumotlari haqida uning roziligisiz post joylagan koʻplab kanallarni bloklaydi. Shunday shikoyat bilan bloklash – Telegramda kanal adminlari avvaliga tovlamachilikka oid post qoʻyib, keyin uni jabrlanuvchilardan pul evaziga oʻchiradigan tuhmatli postlar mavjudligini koʻrsatadi.

 

Telegram asoschisi ilova shantaj va doksing uchun joy emasligini taʼkidlab, shunday kanal yuritadiganlarni klon yaratish uchun vaqt saraflamaslikka chaqirdi va ularni baribir topishini aytgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//