Jamiyat
Raqobat qoʻmitasi ijtimoiy tarmoqlarda bir necha yuz minglab kuzatuvchilariga ega boʻlgan blogerlar oʻziga tegishli sahifada bukmekerlik xizmatlarini reklama qilayotganini aniqlab, ularga tegishli choralar koʻrganini maʼlum qildi.
Xususan, “Melbet” bukmekerlik tovar belgisidan foydalangan, shuningdek qimor oʻyinlarini targʻib qiluvchi sahna koʻrinishlari orqali joylashtirilgan video-roliklar quyidagi shaxslarga tegishliligi aniqlandi:
- Shamsiddinov Amirxon Oʻtkir oʻgʻli (amirxon_uzbek);
- Ilyosov Doniyor Maʼruf oʻgʻli (donik_krash).
Yuqoridagi holatlar yuzasidan Raqobat qoʻmitasi tomonidan blogerlar belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlikka tortilib, tegishli hujjatlar sudga yuborildi.
Qoʻmita axborot matni soʻngida Oʻzbekiston Respublikasining “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonuniga koʻra, mamlakat hududida qimor oʻyinlari va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni reklama qilish taqiqlanishi, bunday faoliyatni reklama qilish tegishli javobgarlikka sabab boʻlishini eslatib oʻtdi.
Siyosat
Sport
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
111658
Jamiyat
94646
Jamiyat
90636
Jamiyat
75158
Jamiyat
//
Izoh yo‘q