
Jahon
Foydalanuvchilar siyosiy kontent tomosha qila boshlasa, YouTube ularga kulgili va qiziqarli videolarni tavsiya qiladi. Bu tadqiqot yordamida isbotlandi.
Yangi o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, YouTube algoritmi foydalanuvchilarni siyosiy kontentdan sekin-asta uzoqlashtirib, (ayniqsa YouTube Shorts'da) ko‘ngilochar va quvnoq videolarga yo‘naltiradi.
Eksperimentda mutaxassislar platforma tavsiyalari qanday o‘zgarishini o‘rganish uchun 685 mingdan ortiq videoni tahlil qilib chiqqan.
“Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, siz siyosiy kontentlarni ko‘ra boshlaganingizda, YouTube sizni ko‘proq ko‘ngilochar, kulgili videolarga, ayniqsa YouTube Shorts'ga yo‘naltirishga harakat qiladi”, deydi tadqiqot mualliflaridan biri.
Kornell universitetining arXiv serverida e’lon qilingan tadqiqotda yozilishicha, Janubi-Xitoy dengizi mojarosi va Tayvanning 2024-yilgi prezident saylovi kabi siyosiy kontentlar ko‘rilishi davomida videolar siyosatdan ko‘ngilochar videolarga izchil siljigan.
Tadqiqotchilar tahlili uchta ssenariy asosida ishlab chiqilgan, bular – videoning boshlang‘ich 3 soniyasi, keyingi 5 soniyasi va videoning to‘liq qismi. Yakunda boshlang‘ich nuqtasi yoki tomosha davomiyligidan qat’i nazar, 50 ta ketma-ket tavsiya bosqichi davomida siyosiy kontent o‘rnini asta-sekin ko‘ngilochar videolar egallagan.
“YouTube'ning bundan ko‘zlagan maqsadi sizni o‘sha mavzudan olib chiqish va ijobiy mavzuga yo‘naltirishdir. Bu orqali ular foydalanuvchi faolligini oshirib, ko‘proq pul ishlashadi”, deydi mutaxassislar.
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q