Jamiyat
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan oliy o‘quv yurtlari va kollejlar uchun bir qator yangi majburiyatlar belgilandi.
Jumladan, ushbu muassasalarda ta’lim sifatini ta’minlash bo‘limlari tashkil etilishi. Bunda:
▪️ oliygohlar uchun kamida 3 nafar xodim;
▪️ kollej va texnikumlar uchun – kamida 1 nafar xodim.
Ushbu bo‘limlar ichki sifat auditi, akkreditatsiyaga tayyorgarlik va ta’limdagi xatarlarni monitoring qilish bilan shug‘ullanadi.
Shuningdek, qarorda 2025-yil noyabridan boshlab davlat namunasidagi hujjatlarni beruvchi barcha davlat va nodavlat ta’lim muassasalari quyidagilardan o‘tishi shart bo‘ldi:
▪️ kompleks davlat akkreditatsiyasi (me’yorlar, dasturlar va talablarga muvofiqlikni baholash maqsadida);
▪️ maxsus davlat akkreditatsiyasi (yangi ta’lim dasturlari uchun va rejadan tashqari baholash zarurati tug‘ilganda).
Akkreditatsiyadan o‘tmagan yoki kamchiliklarni bartaraf etmagan muassasalarning litsenziyasi bekor qilinadi va faoliyati to‘xtatiladi.
Yopilgan muassasalar esa talabalarini mos yo‘nalishlar bo‘yicha boshqa oliygoh va kollejlarga o‘tkazadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan bo‘lib, joriy yilning 8-avgustidan kuchga kirgan.
Siyosat
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
109962
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73399
Jamiyat
//
Izoh yo‘q