Hafta davomida havo harorati pasayadi

Saqlash
12:21 / 11.08.2025 83 0

O‘zgidromet 15-avgustgacha bo‘lgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

 

Unga ko‘ra, 11-12-avgust kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha asosan kam bulutli va issiq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati asosan +38– +40 daraja, janubda +42 darajagacha bo‘ladi.

 

Faqat shimoliy-g‘arbiy viloyatlarda va cho‘l hududlarda ertaga kunduzi harorat +2- +3 darajaga pasayadi.

 

13-avgust – chorshanba kuni haroratning pasayishi O‘zbekistonning barcha hududlariga tarqaladi.

 

Xabarda yozilishicha, issiqning sezilarli darajada pasayishi ish haftasining ikkinchi yarmida kutilmoqda, bunda respublika hududining katta qismida harorat +34– +37 darajagacha, faqat eng chekka janubda +40 darajagacha pastlaydi.

 

Ushbu kunlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida 13-avgust kuni ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

 

Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

 

Toshkent shahrida asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi, 10–12 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

 

Harorat kechalari +21– +23, kunduz kunlari — 11-12-avgustda – +38– +40, 13-avgustda – +36– +38, 14-15-avgustda – +34– +37 darajada bo‘ladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//