Jamiyat
2025-yil 9-avgust kuni Bolgariyaning Sozopol shahridagi Kavatsite sohilida cho‘kayotgan ukrainalik qizni qutqarishga urinish chog‘ida 22 yoshli O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi J.M. halok bo‘ldi.
Xabarga ko‘ra, yigitning jasadi Bolgariya Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining qutqaruv xizmatlari tomonidan suv ostidagi yirik qoyatoshlar orasidan olib chiqilgan.
Hozirda O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi Bolgariyadagi Faxriy konsullik bilan hamkorlikda marhumning jasadini O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni ko‘rmoqda.
Bosh konsulxona marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi.
Siyosat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
112434
Jamiyat
95095
Jamiyat
91316
Jamiyat
76013
Jamiyat
//
Izoh yo‘q