Ish beruvchi va xodimni bir-biriga bog‘lovchi yangi platforma yaratiladi

Saqlash
09:17 / 11.08.2025 88 0

Endi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi mehnat bozorida ishonchli vositachi (rekruter)ga aylanadi.

 

Joriy yilning 4-avgustida qabul qilingan Prezident farmoniga ko‘ra, mehnat bozorida ish beruvchilar va talabgorlarni bir-biriga bog‘lash maqsadida rekruterlar bilan hamkorlikda malakali mutaxassislardan iborat “Loyiha guruhi” tashkil etilib, yangi raqamli platforma yaratiladi.

 

Bu tizim dastlab Toshkent shahrida, keyinchalik butun respublika bo‘ylab tatbiq etiladi.

 

Platformaning mohiyati:

▪️ ish beruvchilar bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi haqqoniy ma’lumotlarni joylaydi;

▪️ ish izlayotgan fuqarolar o‘zlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritadilar;

▪️ “Loyiha guruhi” dastlabki saralashni amalga oshiradi va ish beruvchilarga eng munosib nomzodlarni taklif qiladi;

▪️ ish beruvchi o‘ziga maqbul mutaxassislarni mustaqil tanlab oladi.

 

Ma’lumot uchun, platforma tekin xizmat ko‘rsatadi.

 

Shu tariqa ushbu tizim:

▪️ish beruvchilarni bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi ma’lumotlarni shakllantirishda faollikka undaydi;

▪️fuqarolarni sifatli, rasmiy ish bilan ta’minlaydi;

▪️ish beruvchining talabidan kelib chiqib kasbiy ta’lim tizimini rivojlantiradi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//