Taniqli teatr rejissyori va pedagog, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Abdurahmon Abdunazarov vafot etdi

Saqlash
12:57 / 10.08.2025 64 0


Bu haqda Oʻzbekiston Teatr arboblari uyushmasi xabar berdi.

 

Abdurahmon Abdunazarov 1954-yil 10-martda Andijon viloyati Xoʻjaobod tumanida tugʻilgan.


Rejissyor turli yillarda Andijon viloyat musiqali teatri, Qashqadaryo viloyati musiqali teatri va boshqa viloyat hamda qoʻshni mamlakatlar teatrlarida ijodiy faoliyat yuritgan. 1988-yili Qarshi shahrida “Muloqot” teatr-studiyasini tashkil etgan. Rejissyor studiyada va boshqa teatrlarda sermahsul ijod qilib, “Temir xotin” , “Jononga bordim bir kecha”, “Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari”, “Mayli, saylang”, “Baxtiyorni uylantiramiz”, “Gulya + Erik”, ""Jannatga yoʻl, “Boy ila...”, “Momo yer” singari oʻnlab spektakllari bilan oʻzbek teatr sanʼatiga, mustaqil ijodiy studiyalar rivojiga katta hissa qoʻshgan.


Abdurahmon Abdunazarov bugungi kunga qadar Andijon viloyati sanʼat kollejida pedagog sifatida faoliyat yuritib, koʻplab shogirdlar tayyorlagan.



Oʻzbekiston Teatr arboblari uyushmasi samimiy va kamtarin inson, katta sanʼatkorning bevaqt vafoti munosabati bilan oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor qilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//