
Ilm-fan
Oʻzbekistonda 2025-yil 1-noyabrdan malakasini oshirish va kasbga qayta tayyorlanish istagidagi shaxslarga qoʻshimcha taʻlim olish uchun “kasb vaucheri” berish tartibi joriy etiladi.
“Mehnat munosabatlari va kasbga tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda ish beruvchilarni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi prezident farmonida belgilanishicha, “kasb vaucheri” ssuda sifatida ajratiladi.
Shaxs oʻqishni tugatib sertifikat olgach, ishga joylashganidan soʻng ssudani 2-yil davomida Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasiga qaytaradi.
Quyidagi shaxslarga kasb-hunar kurslarida taʻlim olish davrida jamgʻarma hisobidan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 1 baravari miqdorida stipendiya toʻlanadi:
nogironligi boʻlgan shaxslarga;
3 oydan ortiq davom etadigan kurslarda taʻlim olayotgan Kambagʻal oilalar reyestridagi oilalar aʻzolariga;
doimiy yashash joyidan boshqa hududga qatnab taʻlim olayotgan shaxslarga.
Bunda ishsizlik nafaqasi toʻlanishi davrida oʻquvchilarga stipendiya tayinlanmaydi.
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi ikki oy muddatda har bir hududning ixtisoslashuvi va imkoniyatlaridan kelib chiqib, kamida bittadan kasbiy koʻnikmalar markazini muayyan kasbni oʻrgatishga ixtisoslashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini aniq muddatlar va amalga oshirish mexanizmlarini nazarda tutgan holda tasdiqlashi belgilandi.
Bunda ixtisoslashgan kasb koʻnikmalari markazlari tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikda va yirik ish beruvchilarni kadrlarni tayyorlash jarayoniga jalb qilgan holda tashkil etiladi. Markazlarda mutaxassislar chuqurlashtirilgan holda tayyorlanadi, mahorat darslari oʻtkaziladi, kasblar boʻyicha malaka oshiriladi.
Ushbu markazlarni tashkil etish va moliyalashtirish xususiy sektor, jamgʻarma, xalqaro tashkilotlarning grant va qarz mablagʻlari hamda qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa mabalar hisobidan amalga oshiriladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q