
Jamiyat
2025-yilning 1-avgust kuni Maʼnaviyat va maʼrifat markazida, Markaz rahbari Otabek Hasanov boshchiligida Oʻzbekiston mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida “Umummilliy birdamlik festivali”ni hududlarda yuqori saviyada tashkil etishga qaratilgan uchrashuv oʻtkazildi.
Shundan soʻng qator hududlarga, jumladan Andijon viloyatiga “Umummilliy birdamlik festivali” doirasida hududlarda tadbirlarni tashkil etish uchun shoir-yozuvchi, madaniyat xodimlari, elimiz suygan sanʼatkorlardan tashkil topgan bir guruh targʻibotchilar yoʻl oldi.
“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida oʻtkaziladigan “Umummilliy birdamlik festivali” Andijon viloyati boʻylab koʻtarinki ruhda oʻtkazildi. Festival doirasida “Farovon hayotga ilk qadam”, “Dildagi gaplar”, “Umummilliy birdamlik”, “Maslahat oshi” kabi oʻnlab loyihalar amalga oshirildi. Shuningdek, hududlarda “Shijoat” vatanparvarlik loyihasi, “Kitob marafoni” aksiyasi oʻtkaziladi. Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyatining yosh aʼzolari tomonidan sahnalashtirilgan “Qasamyod” spektaklining namoyishi boʻlib oʻtdi.
Shuningdek, Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida ham “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostidagi ʼʼKitob marafoniʼʼ loyihasi amalga oshirilib, respublikadan kelgan mehmonlar mirishkorliklarga kitoblar sovgʻa qildi.
“Kitob marafoni” aksiyasi– yoshlar va aholining kitobxonlik madaniyatini oshirish, oʻqishga boʻlgan qiziqishini kuchaytirish, badiiy va maʼrifiy adabiyotlar orqali tafakkur va dunyoqarashini yuksaltirish, ijodkorlar bilan bevosita muloqotga zamin yaratish asosiy maqsadida tashkil etilmoqda. Aksiya doirasida kitob almashinuvi va bepul kitob taqdimotlari, mualliflar bilan uchrashuvlar va imzoli kitoblar, “Bir kitob – bir hayot” aksiyasi, “Kitob yoʻlboshchi” nomli QR-kodli burchaklari tashkil etilib, sheʼr va adabiy kechalar oʻtkazilmoqda.
Qarshi tumanidagi madaniyat markazida esa Qarshi tumani hokimi Zoir Allaqulov hamda respublikadan kelgan mehmonlar ishtirokidagi uchrashuv oʻtkazildi. Aholi va poytaxtdan kelgan mehmonlarning kutilgan uchrashuvi bayramga aylanib ketdi.
“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida “Umummilliy birdamlik festivali” doirasida Qashqadaryo viloyatida “Farovon hayotga ilk qadam”, “Dildagi gaplar”, “Umummilliy birdamlik”, “Maslahat oshi” kabi oʻnlab loyihalar amalga oshirilishi, shuningdek, hududlarda “Shijoat” vatanparvarlik loyihasi, “Kitob marafoni” aksiyalari oʻtkazildi. Festival soʻngida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” konsert dasturlari tashkil etildi.
Delegatsiyaning Oʻzbekiston boʻylab safari davom etmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q