Ijro hokimiyati idoralari xodimlariga yangi maosh to‘lash tizimi joriy etiladi

Saqlash
11:44 / 09.08.2025 115 0

 

7-avgust kuni “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tuman (shahar) hokimliklari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni [PF-129-son] qabul qilindi. Bu haqda Aldliya vazirligi xabar qildi.



Farmonga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tuman (shahar) hokimliklari boshqaruv xodimlari mehnatiga haq to‘lashning yangi tizimi joriy etiladi.



Bunda xodimlarning lavozim maoshi yagona tamoyil asosida mehnatga haq to‘lashning yangilangan tarif setkasi hamda ko‘p yillik xizmati va lavozimini inobatga olgan holda tabaqalashgan tarif koeffitsiyentlari asosida shakllantiriladi.



Rag‘batlantirish to‘lovlari boshqaruv xodimlari tomonidan erishilgan eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) asosida har oylik ustama, malaka (martaba) darajalari uchun va hisobot davri yakunlari bo‘yicha rag‘batlantirish (bonus) to‘lovlari shaklida to‘lanadi.



2025-yil 1-avgustdan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:


lavozim maoshi;


eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlariga (KPI) erishganligi uchun lavozim maoshiga har oylik ustamalar;


malaka (martaba) darajalari uchun to‘lovlar;


mukofotlash hamda bonus to‘lovlari.


Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari boshqaruv xodimlarining mehnatiga haq to‘lash faqat mazkur farmonda belgilangan shartlarda amalga oshirilib, farmonda ko‘zda tutilmagan qo‘shimcha ustamalar, mukofotlar va boshqa to‘lovlar to‘lash taqiqlanadi.

 


 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//