Madaniyat
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, "O‘zbekiston doirachilari" jamoat birlashmasi raisi Dilmurod Islomov 71 yoshda vafot etdi.
U umri davomida O‘zbekistonda doira san’atining rivojlanishida fidokorona xizmat qildi.
Dilmurod Islomov respublika “Zarb ko‘rik-tanlovi”ning va “Doirachilar festivali”ning asoschisi hisoblanadi.
Shuningdek, doira ijrochiligi san’ati bo‘yicha 2014-yilda “Ustozlardan doira saboqlari” to‘plamini, 2015-yilda “Maxsus cholg‘u (doira usullari: ustozlar saboqlari)” o‘quv qo‘llanmasini, “Moziydan sado” monografiyasi va bir qancha ilmiy maqolalarni milliy va xorijiy jurnallarda chop etib, yosh ijrochilarni ustozlar merosidan xabardor etdi.
Shu bilan birga, konsert dasturlari bilan 100 dan ortiq xorijiy mamlakatlarda bo‘lib, o‘zbek san’atini olamga tanitishga o‘z hissasini qo‘shdi.
Jamiyat
Siyosat
Sport
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
111671
Jamiyat
94648
Jamiyat
90637
Jamiyat
75173
Jamiyat
//
Izoh yo‘q