
Jamiyat
Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Prezident sovrini uchun o‘tkazilayotgan “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahridan jami 14 ta maktab jamoasi ishtirok etdi.
Jarayonlarda ishtirokchilarning milliy “Multilevel” testi vositasida tinglab tushunish (listening), yozish (writing), gapirish (speaking) va o‘qish (reading) ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi.
Tanlovda quyidagi o‘rinlar va nominatsiyalar taqdirlandi:
– 1-o‘rin — Namangan viloyati, Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 10-maktab jamoasi;
– 2-o‘rin — Navoiy viloyati, Zarafshon shahridagi 3-maktab jamoasi;
– 3-o‘rin — Sirdaryo viloyati, Shirin shahridagi 2-maktab jamoasi.
Til ko‘nikmalari nominatsiyalari bo‘yicha:
– “The best writer” — Sirdaryo viloyati, Shirin shahri 2-maktab o‘quvchisi Lutfiya Mirzayeva;
– “The best speaker” — Xorazm viloyati, Urganch shahar, 15-maktab o‘quvchisi Shahzodbek G‘anijonov;
– “The best reader” — Qashqadaryo viloyati, Koson tumani, 9-maktab o‘quvchisi Malika Hoshimova;
– “The best listener” — Buxoro viloyati, Buxoro tumani, 1-maktab o‘quvchisi Nozanin Achilova g‘olib deb topildi.
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q