Jahon
Xitoyda yangi Chikungunya virusi paydo boʻlib, zararlanish holatlari ortib bormoqda. Bu haqda BBSning Singapurdagi muxbiri nashrga maʼlum qilgan.
Guandun provinsiyasida iyul oyidan buyon 7000 dan ortiq holatlar qayd etilgan. Bunga javoban provinsiya hukumati Covid-19 pandemiyasi davridagiga oʻxshash choralarni qoʻllamoqda.
Yangi virus oʻchogʻi – 10 million nafar aholiga ega boʻlgan Foshan shahrida bemorlar chivinlardan toʻsadigan toʻr ilingan koykalarda bir hafta davomida yoki ularning qonida virus yoʻqligi tasdiqlanguniga qadar saqlanmoqda.
Chikungunya virusi isitma va boʻgʻinlarda kuchli ogʻriq keltirib chiqaradi va bu belgilar yillab davom etishi mumkin.
Virus odamdan odamga yuqmaydi, uning tashuvchisi faqat chivinlar sanaladi. Yaʼni virus bilan zararlangan insonni chaqqan chivin sogʻlom odamni chaqishi orqaligina organizmda virus paydo boʻlishi mumkin.
Xitoy rasmiylariga koʻra, hozirgacha virus bilan zararlanganlarning barchasida uning yengil formadagi simptomlar kuzatilmoqda.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
112755
Jamiyat
95436
Jamiyat
92251
Jamiyat
76574
Jamiyat
//
Izoh yo‘q