Jamiyat
“Vatanga qaytarish” xayriya insonparvarlik aksiyasi doirasida Turkiyaning Mersin viloyati hamda Rossiyaning Novosibirsk shahrida mushkul ahvolda qolgan o‘zbekistonliklar oilasi bag‘riga qaytarildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston diplomatlari Turkiyaning Mersin viloyatidagi vatandoshlar holidan xabar oldi. Tashrif doirasida Mersin viloyatidagi vatandoshlar uchun sayyor konsullik qabuli tashkil etildi. Sayyor qabul davomida 18 nafar O‘zbekiston fuqarolariga “Vatanga qaytarish” xayriya insonparvarlik aksiyasi doirasida Migratsiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan aviachipta xarid qilib berildi.
Ular Uzbekistan Airways aviakompaniyasi tomonidan tashkil etilgan charter reys bilan Antaliya — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha Vatanga qaytarildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Bosh konsulxonasi va Migratsiya agentligi xodimlari ko‘magida Novosibirsk shahrida mushkul ahvolda qolgan uch nafar o‘zbekistonlikka vatanga qaytish uchun sertifikatlar rasmiylashtirildi. Ular 4-avgust kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasi samolyoti bilan O‘zbekistonga kuzatib qo‘yildi.
30-iyuldan boshlab O‘zbekiston “Vatanga qaytarish” xayriya aksiyasini o‘tkazmoqda. 30-avgustgacha davom etadigan aksiya davomida AQSh, Janubiy Koreya, Rossiya kabi jami 8 ta davlatdagi deportatsiya markazlarida saqlanayotgan o‘zbekistonlik ayollar va bolalar qaytariladi.
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
111050
Jamiyat
94513
Jamiyat
90456
Jamiyat
74524
Jamiyat
//
Izoh yo‘q