Dam olish kunlari harorat ko‘tariladi

Saqlash
12:04 / 08.08.2025 58 0

“O‘zgidromet” 8–10-avgust kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.

 

Shanba, yakshanba kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha asosan kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi.

 

Juma kuni havo harorati asosan kunduzi 35-37 daraja, janubda 40 darajagacha bo‘ladi, bu avgust oyi birinchi o‘n kunligining iqlimiy me’yoriga yaqindir. Dam olish kunlari harorat kunduzi 37-40 daraja atrofida, janubda 42 darajagacha ko‘tariladi.

 

Shamol 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 10-avgustda respublika shimolida ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

 

Toshkentda asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechalari 21-23 daraja, kunduzlari 35-37 daraja, 910-avgustda 37-39 daraja bo‘ladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//