Endi elektr taʼminoti korxonalari xodimlari ham bodikameradan foydalanadi

Saqlash
09:28 / 08.08.2025 58 0

Elektr ta’minoti korxonalari inspektorlari ham bodikamera bilan faoliyat yuritishni boshladi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

 

Qayd etilishicha, “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati “Energosavdo” Samarqand filialida “E-dalolatnoma” rasmiylashtirish tizimi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, tuman va shahar elektr ta’minoti korxonalariga 158 dona planshet ajratilgan.

 

Endilikda Inspektorlar tomonidan har bir dalolatnoma ushbu planshetlar orqali tuzilib, tizimga kiritiladi. Qog‘oz dalolatnomalardan farqli ravishda har bir dalolatnomaning hisobi yuritiladi, uning ijrosi ta’minlanadi.

 

Shu bilan birga, Samarqand shahri va Samarqand tumanidagi inspektorlarga 54 ta bodikamera berilgan. Ularning iste’molchilar bilan muomala, muloqoti, joylarda o‘tkazgan o‘rganish ishlari ushbu kameralar orqali yozib olinadi.

 

Ma’lumot uchun, ushbu sohada joriy yilning olti oyida birgina Samarqandda 3893 ta dalolatnoma rasmiylashtirilib, 186 milliard 361 million so‘m qayta hisob-kitob qilingan.

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//