
Iqtisod
Transport vazirligi delegatsiyasi Indoneziyaning Jakarta shahrida ushbu mamlakat rasmiylari bilan uchrashuv oʻtkazdi. Unda Oʻzbekiston va Indoneziya aviatsiya hukumatlari oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlik va havo qatnovlarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama etildi.
Muzokaralarda ikki davlat Transport vazirliklari delegatsiyalari, Indoneziya Tashqi ishlar vazirligi vakillari, Oʻzbekiston Respublikasining Indoneziya Respublikasidagi elchisi hamda elchixona vakillari, Indoneziyaning Garuda Indonesia, Air Asia, Batik Air kabi qator aviakompaniya vakillari ishtirok etdi.
Muzokaralar yakuniga koʻra aviatsiya hukumatlari oʻrtasida tegishli hujjatlar imzolandi va quyidagi kelishuvlarga erishildi:
– Havo qatnovi toʻgʻrisidagi ikki tomonlama bitimda aviakompaniyalar soniga qoʻyilgan cheklovlarni bekor qilish va mazkur shartni aviatsiya hukumatlarining vakolati asosida kuchga kiritish boʻyicha zudlik bilan kelishuv imzolash;
– Havo qatnovi toʻgʻrisidagi ikki tomonlama bitimga kiritilgan oʻzgarishlarni esa oʻrnatilgan tartibda amaldagi qonunchilik talablari asosida ikki davlat ichki kelishuvlar jarayonlarini amalga oshirish yoki diplomatik notalar almashinuvi orqali qabul qilish, unga qadar parvozlarni ikki davlat aviatsiya hukumatlari oʻrtasida imzolangan yangi kelishuv doirasida amalga oshirish;
– Oʻzbekiston tomonidan tayinlangan aviakompaniyalar uchun bitimdagi Jakarta shahriga qoʻshimcha ravishda aholi qatlami zich joylashgan eng yirik turistik va sanoatlashgan Denpasar, Surabaya, Medan, Yogyakarta, Majalengka, Banda Asex, Tanjung Pandan, Lombok va qoʻshimcha istalgan ikkita shaharlarni parvoz manzili etib belgilash;
– Indoneziya tomonidan tayinlangan aviakompaniyalari uchun Oʻzbekistonning barcha xalqaro aeroportlariga parvoz qilish huquqini berish;
– “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK va Indoneziya aviatsiya hukumati oʻrtasida 1995-yilda imzolangan “Kelishuv” shartlariga muvofiq barcha turdagi aviaqatnovlar uchun haftasiga 3-marta etib belgilangan chastotalarni yangi kelishuv asosida har bir tomon aviakompaniyalari uchun 28 taga (jami 56 ta) oshirish va ularni yarmini yoʻlovchi, qolgan yarmini esa yuk tashish uchun belgilash;
– Barcha aviakompaniyalar uchun aviaqatnovlarni havo kemasining yoʻlovchi va yuk sigʻimi boʻyicha cheklovlarsiz parvozlarni amalga oshirishiga ruxsat berish;
– Yuqorida qayd etilgan aviakompaniya va aviatsiya hukumati oʻrtasida 1995-yilda imzolangan kelishuvni bekor qilish va barcha parvozlarni yangi kelishuv shartlari asosida amalga oshirish;
– Denpasar yoʻnalishida amalga oshiriladigan aviaqatnovlarning 50 foizini Code Share asosida amalga oshirish;
– Yuk tashish aviaqatnovlari uchun har ikki tomon aviakompaniyalariga uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi havo erkinliklarini berish;
– Kelgusida aviaqatnovlar hajmini oshirish hamda qoʻshimcha aviakompaniyalarni tayinlash masalalarini oʻzaro xat almashish yoʻli bilan hal etish.
Bugungi kunda Oʻzbekistonning Qanot Sharq aviakompaniyasi Toshkent-Denpasar (Bali) yoʻnalishida mavsumiy turistik charter parvozlarini amalga oshirib kelmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q