Ertaga harorat kechasi 18 darajagacha pasayadi

Saqlash
18:22 / 06.08.2025 128 0

“O‘zgidromet” 7-avgust, payshanba kuni uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

 

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-22 daraja, kunduzi 35-37 daraja  bo‘ladi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 33-38  daraja bo‘ladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 33-38 daraja bo‘ladi.

 

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 33-38  daraja bo‘ladi.

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 35-40 daraja bo‘ladi.

 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 32-37  daraja bo‘ladi.

 

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 25-30  daraja bo‘ladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//