
Jamiyat
Qayd etilishicha, uchrashuvda tomonlar atom energetikasi sohasidagi hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini, jumladan, yirik atom elektr stansiyasini energiya tizimiga integratsiya qilish, jismoniy himoya tizimini yaratish bo‘yicha tajriba almashish, ishlatilgan yadro yonilg‘isi va radioaktiv chiqindilar bilan ishlash, loyihalarni amalga oshirishda jamoatchilik bilan hamkorlik qilish masalalarini muhokama qildi.
Belarus O‘zbekiston bilan hamkorlik uchun ochiq va atom energetikasi sohasida tajriba almashishga tayyor, dedi vazir.
“Biz O‘zbekistonning atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanadigan davlatlar klubiga a’zo bo‘lish va milliy yadro dasturini amalga oshirish to‘g‘risidagi qarorini olqishlaymiz”, — dedi Energetika vazirligi rahbari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, agar O‘zbekiston tomoni manfaatdor bo‘lsa, Belarus tomoni ham O‘zbekistonda atom elektr stansiyasini qurish loyihasini amalga oshirishda ishtirok etishi mumkin. Belarusga tashrif doirasida “O‘zatom” delegatsiyasi Belarus AESga tashrif buyuradi, ikki mamlakat mutaxassislari hamkorlikning mumkin bo‘lgan yo‘nalishlarini belgilab oladi, deyiladi xabarda.
“O‘zatom”ga ko‘ra, Belarus tomoni AES qurilishi va ekspluatatsiyasini ta’minlash uchun infratuzilma qanday tashkil etilgani haqida ma’lumot berdi, shuningdek, vaxta shaharchasini tashkil etish, AES xodimlari uchun shahar qurish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.
O‘z navbatida, Azim Axmedxadjayev atom elektr stansiyasini qurish va mamlakat energetika tizimiga integratsiya qilish loyihasini amalga oshirishda Belarus tajribasi ilg‘or va eng muvaffaqiyatli ekanini bildirdi, deydi vazirlik.
“Mamlakatimiz 2023-yilda quvvati 2 400 megavatt bo‘lgan birinchi Belarus atom elektr stansiyasini ishga tushirdi. Mamlakatda iste’mol qilinadigan barcha elektr energiyasining qariyb 40 foizi ushbu AESda ishlab chiqariladi. Belarus AES qurilishida muvaffaqiyatli o‘zini ko‘rsatgan kompaniyalar “Rosatom” davlat korporatsiyasining xorijdagi qo‘shma loyihalarida faol ishtirok etmoqda. Ishonchim komilki, belaruslar O‘zbekistonda AES qurilishda ishtirok etishlari mumkin”, — dedi Belarus energetika vaziri.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q