Raqobat qo‘mitasi Yandeks Market reklamasi ishi bo‘yicha Uzum Market foydasiga qaror chiqardi

Saqlash
11:14 / 06.08.2025 160 0

“Uzum Market”ning murojaati asosida “YandexGo UB”ga nisbatan raqobat ishi ko‘rib chiqildi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabar bermoqda.

 

Qo‘mitaga “Uzum Market” MCHJ XKdan kelib tushgan murojaat asosida “YandexGo UB” MCHJ tomonidan televideniye va ijtimoiy tarmoqlarda namoyish etilgan “Yandex Market” reklamasi orqali insofsiz raqobat holatlari kuzatilgani bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan edi. 

 

“Uzum Market”ning murojaati asosida “YandexGo UB”ga nisbatan raqobat ishi ko‘rib chiqildi.

 

Raqobat qo‘mitasi komissiyasi xulosasiga ko‘ra, “YandexGo UB” MCHJ “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning 21-moddasida nazarda tutilgan noto‘g‘ri taqqoslash, ya’ni raqobatchi xo‘jalik yurituvchi sub’yektni yoki uning tovarini tovarning ustunligi haqida tasavvur hosil qiluvchi so‘zlardan yoki ramzlardan tovarning xolisona tasdiqqa ega bo‘lgan tavsifini yoki taqqoslash parametrlarini ko‘rsatmagan holda foydalanib taqqoslashni amalga oshirgan deb topilgan.

 

Biroq, “Uzum Market” tomonidan moddiy zarar yetkazilgani to‘g‘risida asosli dalil va hujjatlar taqdim etilmagani sababli, mazkur holat iqtisodiy jihatdan past ta’sirli deb baholandi va moliyaviy jazo choralari qo'llanilmadi

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi yangiliklar

Barchasi

Ilm-fan

21:00 / 18.08.2025 0 247
O‘zbekiston yoshlari Ginnes rekordini yangiladi

Jamiyat

16:48 / 18.08.2025 0 57
Prezident Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurdi

Jamiyat

12:47 / 18.08.2025 0 92
Hafta davomida harorat pasayadi

Ko‘p o‘qilgan

Barchasi
109340
72685

//