
Jamiyat
Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida erkak 1 nafar farzandi uchun aliment pulini to‘liq miqdorda oldindan to‘lab berdi. Bu haqda MIB xabar berdi.
Qayd etilishicha, ijro harakatlari davomida, qarzdor Majburiy ijro byurosi Nukus shahar bo‘limiga kelib, farzandi 18 yoshgacha to‘lgunga qadar to‘lashi lozim bo‘lgan aliment pullarini oldindan to‘lash istagini bildirgan.
Qarzdorga Vazirlar Mahkamasining 808-son qaroriga muvofiq farzandi voyaga yetguniga qadar to‘lanishi lozim bo‘lgan aliment pullarini oldindan to‘lashi mumkinligi tushuntirilgan va kelgusi 13 yil davomida to‘lashi lozim bo‘lgan aliment pullari hisoblab chiqilgan. U 2 milliard 270 million 812 ming so‘mni tashkil etgan.
Shundan keyin aliment undiruvchi ayol MIB Nukus shahar bo‘limiga kelib, hisoblab chiqilgan 2 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni sobiq turmush o‘rtog‘idan olganini tasdiqlagan.
Ta’kidlanishicha, bu qiymat MIB tarixida hozircha eng yirik miqdordagi to‘lov bo‘lib qolmoqda.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q