Samarqand viloyatining uch tumaniga yangi hokim tayinlandi

Saqlash
16:23 / 05.08.2025 149 0

Samarqand viloyatining Payariq, Toyloq va Urgut tumani hokimlari lavozimidan ozod etilib, yangi tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda UzA axborot agentligi xabar berdi.

 

Bugun Samarqand viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi A.Boboyev ishtirok etgan sessiyada viloyat hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari vazifasida ishlayotgan Shunqor Farmonovich Xudoyberdiyev Payariq tumani hokimi etib tasdiqlandi.

 

 

Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining navbatdan tashqari oʻtkazilgan sessiyasida tashkiliy masala koʻrilib, 2018-yildan buyon Toyloq tumaniga rahbarlik qilib kelgan Bahodir Qodirovich Bobonazarov oʻz arizasiga koʻra, vazifasidan ozod etildi. Behzod Rahmatullayev Toyloq tumaniga yangi hokim etib tayinlandi. U bugunga qadar Samarqand viloyati hokimligi tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari sifatida faoliyat koʻrsatib kelgan.

 

 

Shuningdek, Xalq deputatlari Urgut tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman hokimi Botir Jabborov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan vazifasidan ozod etilib, iloyat hokimi tavsiyasiga koʻra, hozirga qadar Samarqand viloyati prokurori oʻrinbosari boʻlgan Dilmurod Bostamovich Saidqulov Urgut tumani hokimi vazifasiga tasdiqlandi.

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//