Avgust oyi davomida poytaxtning ayrim hududlarida issiq suv rejali oʻchiriladi

Saqlash
15:10 / 05.08.2025 151 0

2025-yil avgust oyi davomida Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi bir qator mahalliy qozonxonalarda rejalashtirilgan ta’mirlash va profilaktika ishlari olib borilishi tafayli ayrim hududlarda issiq suv ochiriladi. Bu haqda Veolia Energy Tashkent kompaniyasi ogohlantirdi.

 

Profilaktika doirasida uskunalarni ta’mirlash va modernizatsiya qilish, eskirgan qismlarni almashtirish hamda nasos uskunalarining ishlashini tekshirish rejalashtirilgan. Ishlarning barchasi yozda tizimning barqaror ishlashini ta’minlashga qaratilgan. Texnik tadbirlar issiqlik ta’minoti tizimining ishonchli va uzluksiz ishlashini ta’minlashga xizmat qiladi.

 

Shu sababli, quyidagi manzillarda issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:

 

4–5 avgust kunlari Navoiy 39 qozonxonasi (39-sonli turar joy, Navoiy ko‘chasi, “Olmazor” MFY)
6–7 avgust kunlari Navoiy 37 qozonxonasi (37-sonli turar joy, Navoiy ko‘chasi, “Olmazor” MFY)
11–12 avgust kunlari Navoiy 33 qozonxonasi (33-sonli turar joy, Navoiy ko‘chasi, “O‘qchi” MFY)
13–14 avgust kunlari Navoiy 29 qozonxonasi (29-sonli turar joy, Navoiy ko‘chasi, “O‘qchi” MFY)
18–19 avgust kunlari Navoiy 27 qozonxonasi (27-sonli turar joy, Navoiy ko‘chasi, “O‘qchi” MFY)
20–21 avgust kunlari Ko‘kcha 1a qozonxonasi (1–12, 60a-sonli turar joylar, Ziyo Said ko‘chasi, “Ko‘kcha” MFY)
25–26 avgust kunlari Zafarobod 12 qozonxonasi (1a, 2a, 2, 8, 9, 10-sonli turar joylar, 456-sonli bolalar bog‘chasi, KHY ko‘chasi, “Zafarobod” MFY)
27–28 avgust kunlari Ipakchi 103 qozonxonasi (102, 103, 107–110, 114–116-sonli turar joylar, 105, 106-sonli kottejlar, Istirohat ko‘chasi, “Ipakchi” MFY)

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//