Andijonda oʻqituvchilarning dars soatini qisqartirish vaji bilan taʼmirlashga jalb etgan maktab direktori ishdan olindi

Saqlash
10:12 / 05.08.2025 126 0

2-avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Marhamat tumanidagi 42-umumtaʼlim maktabida hasharmi?” sarlavhasi ostida video-xabarlar tarqaldi. Unda bir guruh pedagoglar taʼmirlayotgani aks etgan. Holat yuzasidan Andijon viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

 

Unga koʻra, 1982-yilda qurilib, 2005-yilda joriy taʼmirdan chiqqan Marhamat tumani “Yangi hayot” MFYda joylashgan 42-umumtaʼlim maktabi 2023-yil “Tashabbusli byudjet” loyihasi asosida 1 milliard 200 millionlik qiymatga ega eshik va romlar bilan taʼminlangan. 2024-yilgi mavsumda 1 milliard 300 million soʻm mablagʻ yutib olinib, sport maydoni qurilgan va maktabning old qismi zamonaviy koʻrinishga keltirilgan.

 

Jami 1 ming 236 nafar oʻquvchilarga 74 nafar malakali ustozlar taʼlim oladigan maktab jamoasi bilan suhbatda ular tomonidan ushbu hashar ixtiyoriy ravishda amalga oshirilgani taʼkidlangan. Biroq ustozlarni oʻz lavozim majburiyatidan tashqari ishlarni bajarish holatini nazoratga olmaganligi sababli maktab direktori Z. Mamajonova egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

 

Shuningdek, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasi ham holatni oʻrgandi. Unda maktab direktori oʻqituvchilarni taʼmirlash ishlariga majburiy jalb qilgani, aks holda dars soatlari kam taqsimlanishi aytilgani aniqlangan.

 

Holat yuzasidan direktor Mamajonovaga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 51-moddasi 2-qismiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari (41 million 200 ming soʻm) miqdorida jarima qoʻllanilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi yangiliklar

Barchasi

Ilm-fan

21:00 / 18.08.2025 0 244
O‘zbekiston yoshlari Ginnes rekordini yangiladi

Jamiyat

16:48 / 18.08.2025 0 56
Prezident Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurdi

Jamiyat

12:47 / 18.08.2025 0 91
Hafta davomida harorat pasayadi

Ko‘p o‘qilgan

Barchasi
109340
72685

//