Shota Rustaveli koʻchasining bir qismi 25-avgustga qadar yopildi

Saqlash
09:19 / 05.08.2025 127 0

Toshkent shahar, Yakkasaroy tumanidagi Shota Rustaveli koʻchasining Grand Mir mehmonxonasi bilan kesishmasidan Bobur koʻchasigacha boʻlgan qismida rekonstruksiya ishlari olib borilishi munosabati bilan ushbu oraliqda transport harakati vaqtincha cheklanadi, deb xabar berdi Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi.

 

Shu tufayli, avtobus yoʻnalishlari harakati 25-avgustga qadar quyidagicha oʻzgartiriladi:

 

 

18, 38, 58, 67-sonli yoʻnalishlar:
Shahrisabz koʻchasi → Mirobod → Nukus → Bobur → Sh.Rustaveli koʻchalari orqali harakatlanadi.

 

57, 81, 98-sonli yoʻnalishlar:
Mirobod → Yusuf Xos Hojib → Bobur koʻchalari orqali harakatlanadi.

 

127-sonli yoʻnalish:
Nukus → Muqimiy koʻchalari orqali harakatlanadi.

 

Boshqarma shuningdek, rekonstruksiya ishlari davomida ko‘chalardagi tirbandlik ortishi ehtimoli sababli yoʻnalishlarga qoʻshimcha oʻzgartirishlar kiritilishi ehtimoli, shu bilan birga, avtobuslarning harakat, oraliq vaqtlari rejadagidan uzoqroq boʻlishi mumkinligidan ogohlantirgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi yangiliklar

Barchasi

Ilm-fan

21:00 / 18.08.2025 0 243
O‘zbekiston yoshlari Ginnes rekordini yangiladi

Jamiyat

16:48 / 18.08.2025 0 56
Prezident Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurdi

Jamiyat

12:47 / 18.08.2025 0 91
Hafta davomida harorat pasayadi

Ko‘p o‘qilgan

Barchasi
109340
72685

//