Jamiyat
Davlat qabul komissiyasining bayoniga asosan, 2024/2025-o‘quv yilida o‘qishga qabul qilingan talabalar uchun ta’lim grantlarini qayta taqsimlash bo‘yicha talabgorlarni ro‘yxatdan o‘tkazish muddati 2025-yil 10-avgustga qadar uzaytirildi.
Ya’ni bunda grant taqsimlash uchun ariza berishga ulgurmay qolganlar 10-avgustgacha hujjatlarini taqdim etishi mumkin.
Arizalar oliygohlarning veb-saytlari orqali yoki kontrakt.edu.uz saytida qabul qilinmoqda.
Ma’lumot uchun, talabalar ariza berishda 3 xil grantdan birini tanlashi kerak:
▪️ To‘liq va to‘liq bo‘lmagan grant (GPA 3,5 dan baland);
▪️ Qo‘shimcha davlat granti (faqat ijtimoiy himoya reyestrida “qizil” va “sariq” toifadagi oilalar a’zolari uchun, GPA 4 dan baland);
▪️ OTM granti (GPA 3,3 dan 4 gacha).
Imtiyozli yoki maqsadli grantga kirganlar, shuningdek, sirtqi, kechki va masofaviy shaklda o‘qiydiganlar mazkur jarayonda ariza yubora olmaydi.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112180
Jamiyat
94864
Jamiyat
90940
Jamiyat
75721
Jamiyat
//
Izoh yo‘q