
Iqtisod
2025-yil 23–29-iyul kunlari O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi delegatsiyasi AQSHga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida 25 ta mahalliy to‘qimachilik korxonasi Texworld NYC, Apparel Sourcing USA va Home Textiles Sourcing Expo xalqaro ko‘rgazmalarida qatnashgan (Nyu-York shahrida).
Xabarga ko‘ra, AQSH Qishloq xo‘jaligi vazirligi (USDA) va AQSH Paxta Assotsiatsiyasi bilan uchrashuvda GSM-102 dasturi doirasida O‘zbekistonga AQSH paxtasini yetkazib berish, kredit limitini oshirish va “Made from U.S. Cotton” tashabbusini ishga tushirish masalalari muhokama qilingan.
Shuningdek, AQSH Savdo vazirligi huzuridagi CLDP (Savdo huquqini rivojlantirish dasturi) vakillari bilan bo‘lgan muzokaralar chog‘ida o‘zbekistonlik kompaniyalar uchun AQSH standartlariga mos sertifikatlash va qadoqlash bo‘yicha vebinar va seminarlar tashkil etishga kelishib olingan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston delegatsiyasining mazkur tashrifidan ko‘zlangan asosiy maqsad — “Made in Uzbekistan” brendi ostida mahalliy mahsulotlarni targ‘ib qilish, eksport salohiyatini kengaytirish va ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishdan iboratdir.
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q