Yevropada Gʻarbiy Nil isitmasi bilan bogʻliq oʻlim holatlari qayd etildi. U qanday virus?

Saqlash
15:21 / 04.08.2025 94 0

Yil boshidan buyon Italiyada Gʻarbiy Nil isitmasi bilan 32 nafar kasallanish holatlari qayd etildi, ulardan ikki nafari vafot etgan, deb xabar bermoqda RBK People nashriuf tayanib. Oʻlim holatlari Italiyaning Latsio va Pyemonte hududlarida yuz bergan.

 

Oʻtgan yilning mos davrida mamlakatda 13 nafar mazkur virus bilan kasallanish holatlari qayd etilgan va ular orasida oʻlim holatlari kuzatilmagan.

 

Joriy yilda zararlanish holatlarining 21 nafari Latsio hududiga, xususan, Latina provinsiyasiga toʻgʻri kelgan. 23 ta holat neyroinvaziv, bittasi esa simptomlarsiz kechgan — kasallik donor qonida aniqlangan.

 

Gʻarbiy Nil isitmasi qanday kasallik?

 

U bemorda umumiy intoksikatsiya (zaharlanish) belgilari, bosh va mushak ogʻrigʻi, baʼzi hollarda seroz meningit va meningoensefalit rivojlanishi bilan kechuvchi oʻtkir isitma kasalliklar virusli infeksiyasi sanaladi.

 

Kasallik bilan zararlanish holatlari eng koʻp chivin va kleshlar chaqishi orqali sodir boʻladi. Bundan tashqari, qon quyish, ona farzandini oziqlantirish (emizish), organ va ildiz hujayra koʻchirib oʻtkazish (transplantatsiya), shuningdek, laborator tekshiruv jarayonlarida zararlanish holatlari ham qayd etilgan.

 

Inson organizmiga virus asosan, chivin chaqishi orqali tushadi. Hasharotlar kasal qushlar qoni bilan oziqlanish orqali zararlanadi. Qushlar qonida virus bir necha kun aylanib yuradi va chivinlarga oʻtadi. Chivinlar esa tashuvchi vazifasini oʻtaydi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi yangiliklar

Barchasi

Ilm-fan

21:00 / 18.08.2025 0 246
O‘zbekiston yoshlari Ginnes rekordini yangiladi

Jamiyat

16:48 / 18.08.2025 0 56
Prezident Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurdi

Jamiyat

12:47 / 18.08.2025 0 91
Hafta davomida harorat pasayadi

Ko‘p o‘qilgan

Barchasi
109340
72685

//