Tez yordam mashinalarini onlayn kuzatish imkoniyati yaratildi

Saqlash
15:13 / 04.08.2025 85 0

Respublika tez tibbiy yordam markazi tomonidan ilk bor “103” brigadalari harakatini real vaqt rejimida onlayn kuzatib borish yo‘lga qo‘yildi.

 

Ushbu tajriba-sinov loyihasiga ko‘ra, endilikda poytaxt aholisi tez tibbiy yordam brigadalarining qayerda ekanligi va qancha vaqtda chaqiruv manziliga yetib borishini onlayn kuzatib turishlari mumkin.

 

Yangi loyiha “Yandex Uzbekistan” kompaniyasining texnologik yechimi asosida amalga oshirilib, “103” brigadasi harakatlari brauzerda elektron xarita orqali, yaqin kelajakda esa “Yandex Go” mobil ilovasi yordamida kuzatib boriladi.

 

Unga ko‘ra, “Tez yordam”ga murojaat qilingandan so‘ng, brigadaning harakati real vaqt rejimida ko‘rsatiladigan elektron xaritaga havola orqali kirish uchun tizim murojaatchiga avtomatik ravishda SMS-xabar yuboradi.

 

Xabarga ko‘ra, loyihaning keyingi bosqichida foydalanuvchilar “Yandex Go” mobil ilovasidan brigadaning joylashuvi va uning taxminiy kelish vaqti to‘g‘risida push-bildirishnoma orqali xabardor bo‘ladi. Qolaversa, ushbu ma’lumotni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ilova orqali ham olsa bo‘ladi.

 

“Ushbu yangilik, eng avvalo, tez tibbiy yordam tizimida shaffoflikni ta’minlash va dispetcherlarning ish yuklamasini kamaytirishga xizmat qiladi. Hozirda bu yechim Toshkent shahrida shoshilinch chaqiruvlar uchun amal qiladi, biroq keyinchalik loyihani kengaytirishni maqsad qilganmiz”, deydi Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori Abduvoitjon G‘afurov.

 

Ma’lumot uchun, Respublika tez tibbiy yordam markaziga mamlakatimiz bo‘ylab har kuni o‘rtacha 40 mingga yaqin chaqiriq kelib tushadi. Ularning 60 foizini esa shoshilinch murojaatlar tashkil etadi.

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi yangiliklar

Barchasi

Ilm-fan

21:00 / 18.08.2025 0 247
O‘zbekiston yoshlari Ginnes rekordini yangiladi

Jamiyat

16:48 / 18.08.2025 0 57
Prezident Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurdi

Jamiyat

12:47 / 18.08.2025 0 92
Hafta davomida harorat pasayadi

Ko‘p o‘qilgan

Barchasi
109340
72685

//