Ilm-fan
Farg‘ona vodiysidan Gagea khassanovii nomli o‘simlikning yangi turi topildi.
Bu o‘ziga xos gullarga ega noyob o‘simlik Gagea (Boychechak) turkumiga mansub bo‘lib, Farg‘ona vodiysidagina tarqalgan. U Qirg‘iziston hamda O‘zbekiston floralarini boyishiga xizmat qiladi.

Yangi tur O‘zbekistonning Andijon viloyatidagi Imom tog‘i (Oloy tizmasi) etaklarida aniqlangan bo‘lib, ilmiy tavsifi 2025-yil iyul oyida nufuzli PhytoKeys jurnalining 260-sonida e’lon qilindi.
Xabarga ko‘ra, tadqiqotlar O‘zbekiston, Rossiya, Xitoylik olimlarining hamkorlikda olib borgan izlanishlari asosida amalga oshirilgan.
Gagea khassanovii tashqi jihatdan (morgologik) Gagea circumflexa turiga o‘xshab ketadi, biroq uning oq rangli gullari, ingichka gultojbarglari va uzun poyabarglari kabi morfologik farqlari mavjud. Tur taniqli o‘zbek botanigi, professor Furqat Orunbayevich Xasanov sharafiga nomlangan.
(1).jpg)
.jpg)
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Madaniyat
Jamiyat
109959
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73396
Jamiyat
//
Izoh yo‘q