
Jamiyat
2-avgust kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Senati 9-yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga aholiga tibbiy yordamning kafolatlangan hajmiga kiradigan xizmatlarni ko‘rsatish, shuningdek, tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining kasbiy faoliyatini amalga oshirish tizimini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qonun muhokama qilindi.
Hujjat loyihasida quyidagilar nazarda tutilgan:
▪️oliy yoki o‘rta maxsus, professional tibbiy ta’lim tashkilotlarini tamomlagan va davlat ro‘yxatidan o‘tgan shaxslargina tibbiyot va farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘lishi;
▪️ birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida ko‘rsatiladigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmidan ortiqcha tibbiy xizmatlar va boshqa xizmatlar qo‘shimcha xizmatlar sifatida baholanib, ular pulli asosda amalga oshirilishi;
Muhokama jarayonida senatorlar tomonidan ushbu qonunda qayta ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lgan ayrim masalalar mavjudligi ta’kidlagan.
Jumladan:
▪️ tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning asosiy tartib-taomillarini qonun darajasida belgilash maqsadga muvofiqligi;
▪️ qonunga tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish maqsadi, asoslari, ro‘yxatdan chiqarish asoslari, bu harakatlarning oqibatlari, shuningdek, ro‘yxatning ochiq bo‘lishi, undan aholi foydalanishi kabi masalalarni kiritish lozimligi qayd etilgan.
Bundan tashqari, “Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi to‘g‘risida”gi qonunning 14-moddasida ma’muriy tartib-taomillarning mavjud emasligi ma’muriy tartib-taomillar bilan bog‘liq bo‘lgan korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar jumlasiga kiritilgan.
Shularni inobatga olgan holda mazkur qonunni qayta ko‘rib chiqish lozimligi to‘g‘risida Senat qarori qabul qilingan.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q