O‘zbekiston “Sea Breeze” loyihasini amalga oshiruvchilarga qanday talablarni qo‘ydi?

Saqlash
10:00 / 04.08.2025 89 0

Ozarbayjonning “Agalarov Development” MCHJ hamda uning qo‘shma korxonasi “Sea Breeze Uzbekistan” MCHJning Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi 577 gektar maydonda umummavsumiy kurort majmuasini qurish rejasi ma’qullandi.

 

Vazirlar Mahkamasi 1-avgust kuni bu bo‘yicha qaror qabul qildi.

 

Hujjatga ko‘ra, ushbu majmuaning qiymati 5 mlrd AQSH dollarini tashkil etadi.

 

Qarorda belgilanishicha, yer uchastkalarini tasdiqlangan master-reja asosida lotlarga bo‘lgan holda, har bir yer uchastkasi bo‘yicha o‘z huquqlari va majburiyatlarini notarial tartibda kelishiladigan shartlar asosida va O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksida ko‘rsatilgan tartibda boshqa shaxsga o‘tkazishi (qayta ijaraga berishi) mumkin.

 

Loyihaning ekologik talablarga rioya qilgan holda amalga oshirish, shu jumladan, loyihani amalga oshirish davrida va loyiha ishga tushgandan keyin chiqindi hamda oqova suvlarning Chorvoq suv ombori va Chirchiq daryosiga tashlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

 

Oqova suvlari Chirchiq shahri oqova suvlarni tozalash inshootiga yo‘naltiriladi.

 

Hujjatda yozilishicha, loyiha doirasida zamonaviy uy-joylar barpo etish ishlariga katta tajribaga ega bo‘lgan mahalliy va xorijiy kompaniyalar jalb qilinadi. “Sea Breeze Uzbekistan” MCHJ ularning ish jarayoni bo‘yicha majburiy ko‘rsatmalar beradi.

 

Loyiha tushayotgan yer uchastkalari, yerdan foydalanuvchilar va yer uchastkalari ijarachilariga yetkazilgan zarar ajratilgan 5 mlrd AQSH dollari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplab beriladi.

 

Hujjatda, shuningdek, MCHJga ijaraga beriladigan hudud uchun qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash bo‘yicha to‘lovlar besh yil davomida har yili teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lanadi.

 

Loyiha hududida joylashgan jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli ko‘chmas mulk obyektlari MCHJ tomonidan ularning mulkdorlari bilan kelishuv asosida sotib olinadi.

 

Qurilishi keyingi bosqichlar uchun mo‘ljallangan zaxira sifatida olib qo‘yilgan va foydalanilmayotgan yer uchastkalari hududida yerdan foydalanishda huquqbuzarliklar aniqlansa, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ushbu yer uchastkalari qaytariladi va loyihani amalga oshirish uchun sarflangan mablag‘lar qoplab berilmaydi.

 

Hujjatda MCHJ murojaatiga muvofiq yashil maysalarni kesish va yashil maydonlarni qayta tiklash ishlari O‘rmon va yashil hududlarni ko‘paytirish, cho‘llanishga qarshi kurashish agentligi tizimidagi tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.

 

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda suvni muhofaza qilish zonalari va sohilbo‘yi mintaqasiga qo‘yilgan talablarga rioya qilinishini nazorat qiladi.

 

Ta’kidlanishicha, loyiha amalga oshiriladigan hududdagi mavjud daraxtlar xatlovdan o‘tkaziladi va buning natijasida qurilishosti hududlariga to‘g‘ri kelayotgan daraxtlar qimmatbaho, kam qimmatli va nobud bo‘lgan toifalarga ajratiladi. Bunda qimmatbaholari MCHJ tomonidan boshqa joyga ko‘chiriladi. Kam qimmatlilari ham ko‘chiriladi. Agar bu toifadagi daraxtlar kesilsa, buning uchun jarima to‘lovi amalga oshirilmaydi. Buning o‘rniga kompensatsiya sifatida tuproq-iqlim sharoitiga mos 5-7 yillik 10 tub ko‘chat (har bir kesilgan daraxt uchun) ekiladi. Nobud bo‘lgan daraxtlarni esa kesishga ruxsat beriladi.

 

Mazkur talablarga amal qilmasa, loyiha to‘xtatiladi va yer ijarasi bekor qilinadi.

 

“Sea Breeze Uzbekistan” umummavsumiy kurort majmuasini barpo etish bo‘yicha Respublika ishchi guruhi tarkibi quyidagicha:

 

 

 

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi yangiliklar

Barchasi

Ilm-fan

21:00 / 18.08.2025 0 243
O‘zbekiston yoshlari Ginnes rekordini yangiladi

Jamiyat

16:48 / 18.08.2025 0 56
Prezident Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurdi

Jamiyat

12:47 / 18.08.2025 0 91
Hafta davomida harorat pasayadi

Ko‘p o‘qilgan

Barchasi
109340
72685

//