
Iqtisod
Vazirlar Mahkamasining “Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan va rasmiy band bo‘lgan yolg‘iz ota va onalarga farzandi uchun maktabgacha ta’lim xizmatidan foydalanishda moddiy yordam to‘lash to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan va rasmiy band bo‘lgan yolg‘iz ona (ota)ga ijtimoiy shartnoma asosida bir nafar farzandi uchun bola 3 yoshga to‘lguniga qadar maktabgacha ta’lim xizmatidan foydalanish uchun Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan BHMning bir yarim baravarigacha (618 ming so‘m) miqdorida moddiy yordam berilishi prezidentning “Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2024-yil 14-noyabrdagi farmonida belgilangandi. Bunda bolalar egizak bo‘lsa, moddiy yordam egizaklarning har biri uchun beriladi.
Hukumat qaroriga ko‘ra, 2025-yil 1-sentyabrdan boshlab Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan yolg‘iz ona (ota)larga farzandi uchun bog‘cha xizmatidan foydalanishda moddiy yordam olish bo‘yicha “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi hamda my.gov.uz portali orqali ariza bilan murojaat qilish imkoniyati yaratiladi. Bunda “Inson” markazi yoki Davlat xizmatlari markazlariga shaxsan borib yoki ijtimoiy xodim orqali ariza bilan murojaat qilishi ham mumkin.
Subsidiya shaklidagi ushbu moddiy yordam inson omilisiz, avtomatik hisoblanib, to‘lash yo‘lga qo‘yiladi. Ijtimoiy himoya milliy agentligi 2025-yil 1-sentyabrgacha “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida moddiy yordam olish uchun arizalarni qabul qilish va ko‘rib chiqish, moddiy yordam oluvchilar reyestrini shakllantirish hamda ularga moddiy yordam miqdorini avtomatik hisoblash va to‘lash imkoniyatini yaratishi lozim.
Quyidagi hollarda moddiy yordamning hisoblanishi va to‘lanishi to‘xtatiladi:
bola 3 yoshga to‘lganda
oila kambag‘allar reyestridan chiqarilganda;
bola doimiy yashash uchun O‘zbekistondan tashqariga chiqib ketganda;
bola vafot etganda, sud tomonidan bedarak yo‘qolgan deb topilganda;
bola maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari ro‘yxatidan chiqarilganda;
bola to‘liq davlat ta’minotiga o‘tkazilganda.
Moddiy yordam mablag‘lari ularni oluvchilarning “ijtimoiy karta”siga, bunday kartasi yo‘q bo‘lsa, “Xalq banki”da ochilgan bank kartalariga o‘tkaziladi. Bundan birinchi marta bank kartalarini ochish uchun moddiy mablag‘larni oluvchilardan haq undirilmaydi.
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q