
Jamiyat
2025-yil 29-iyul kuni Toshkent–Dehli yo‘nalishidagi aviareysi parvoz vaqtida tobi qochgan yo‘lovchiga Toshkent davlat tibbiyot universiteti Xalqaro fakultetida tahsil olayotgan hindistonlik talaba Mohamed Anees birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatib, uning hayotini saqlab qolgani haqida xabarlar tarqaldi.
“Toshkentdan Dehliga uchayotganda samolyotda “Agar bortda shifokor yoki tibbiyot xodimi bo‘lsa, iltimos, ekipajga xabar bering” degan e’lon berildi. “Ha, men shifokorman, yordam bera olaman”, dedim. Bemor 48 yoshli ayol edi, u juda bezovta edi, qattiq xavotirga tushgandi. Men bemorning hayotiy ko‘rsatkichlarini tekshirishganimda yurak urishi tezlashgani, ya’ni taxikardiya xuruji kechayotganini aniqladim. Darhol bemorga karotid massajini qilishga kirishdim va taxminan 10-15 soniyadan so‘ng u o‘zini yaxshiroq his qila boshladi. Samolyot Dehliga qo‘ngach, bemorni shifokorlarga topshirdik", deydi universitet talabasi.
“Biz Mohamed Anees kabi ko‘plab talabalarimiz va bitiruvchilarimiz Toshkent davlat tibbiyot universitetida olgan bilimlari tufayli butun dunyoda insonlarga tibbiy yordam ko‘rsatayotganidan mamnunmiz”, deyiladi xabarda.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q