Shoxrux Aminov Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori lavozimiga tayinlandi

Saqlash
15:02 / 01.08.2025 140 0

Aminov Shoxrux Azamatovich Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasida ma’lum qilindi.

 

Shohrux Aminov 1981-yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 2002-yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan.

 

Prokuratura organlaridagi faoliyatini 2004-yilda Samarqand shahar prokuraturasida boshlab, Samarqand viloyat prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda ishlagan.

 

2014-yildan Bosh prokuratura boshqarma prokurori, katta prokurori, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan.

 

Faoliyati davomida Toshkent viloyati prokurorining o‘rinbosari, Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktorining o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan, 2018-2020 yillarda Navoiy viloyati prokurori bo'lgan. 2020-yil noyabrida Sirdaryo viloyati prokurori etib tayinlangan, 2022-yil aprelidan bosh prokurorga o‘rinbosarlik qilayotgandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//