
Jamiyat
Avgust oyining birinchi kunlarida O‘zbekiston hududi bo‘yicha asosan kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar bermoqda.
Juma kunduzi Farg‘ona vodiysida, shuningdek, Toshkent viloyatining tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi.
Havo harorati +32…+35 daraja atrofida, janubda ba’zi joylarda +38 darajagacha bo‘ladi. Bu avgust oyi boshi uchun kuzatilgan iqlim me’yorlaridan 1–2 darajaga pastdir, deyiladi xabarda.
Respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 13−16 metr/soniyagacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.
Toshkent shahrida juma kunduzi havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Dam olish kunlari havo asosan kam bulutli bo‘ladi. Shamol sharqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi, kunning ikkinchi yarmida shamol tezligi 12–15 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +20…+23 daraja, kunduzi +32…+35 daraja bo‘ladi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q