1-sinf uchun maktablarga qabul boshlandi

Saqlash
12:32 / 01.08.2025 132 0

2025–2026-o‘quv yili uchun 1-sinfga elektron qabul joriy etilgan hududlarda mikrohududdan tashqari qabul jarayoni 1-avgust kuni soat 10:00 dan boshlandi.

 

Shuningdek, o‘quvchilarni bir maktabdan boshqasiga ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatilishi jarayonlari ham 1-avgust sanasidan davom ettiriladi.

 

Bola mikrohududdan tashqari maktabga qabul qilinganidan so‘ng, mikrohudud bo‘yicha avval yuborilgan arizasi asosiy maktabga avtomatik ravishda o‘tkaziladi.

 

Agar elektron qabul jarayonlari yuzasidan savollar bo‘lsa, 71-203-07-04, 71-203-04-03 raqamlari yoki telegramdagi @mymaktab_uz rasmiy kanali orqali javob olish mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//