
Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda rossiyalik ovchi tomonidan Surxondaryoda Qizil kitobga kiritilgan morxo‘rlar ovlangani haqida xabar tarqaldi. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bu qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshirilganini ma’lum qildi.
Vazirlikning bildirishicha, tasvirlari tarqalgan Surxondaryo viloyatidagi ushbu ov 2024-yilda tegishli to‘lov evaziga va ruxsatnoma asosida amalga oshirilgan. 2024-yilda morxo‘rlarni ovlash uchun o‘rnatilgan tartibda ruxsat berilgan va 100 ming dollar miqdorida to‘lov undirilgan. Bu mablag‘lar tabiatni muhofaza qilish, xususan, brakonyerlikka qarshi samarali kurash olib borishga yo‘naltirilgan.
“Ta’kidlash joizki, “Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, har yili yovvoyi hayvonlarni tutish uchun kvota belgilanadi. Bunda yovvoyi hayvonlarning eng yoshi kattasi, nasl qoldirish davridan o‘tgan erkagini ovlashga ruxsat beriladi va jarayon qat’iy nazorat ostida amalga oshiriladi”, deyiladi xabarda.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xorijiy davlatlarda ham aynan shunday tartib joriy qilinganini qayd etib o‘tdi. Namibiyada o‘lja ovi yiliga 3 mln dollardan ko‘p foyda keltiradi.
Bundan tashqari, ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, har yili Tojikistonda 10–16 bosh morxo‘r, 100–115 bosh arhar, Mo‘g‘ulistonda esa 90–100 bosh arhar, 50–60 boshgacha xongul ovlashga ruxsatnomalar berilmoqda.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q