
Siyosat
O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi farmoyishi bilan ikki departament boshlig‘iga o‘rinbosarlar tayinlandi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining farmoyishi bilan:
Elmurod Iqboljon o‘g‘li Najimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kreativ iqtisodiyot va turizm bo‘yicha departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga;
Hikmatilla Shuhratilla o‘g‘li Ubaydullayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Moliyaviy texnologiyalar, raqamlashtirish va sun’iy intellekt bo‘yicha departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Ma’lumot uchun, Hikmatilla Ubaydullayev AIM Lab’ning asoschisi va rahbaridir. U ilgari Prezident administratsiyasi tuzilmalarida rahbarlik lavozimlarini egallagan. Xususan, Prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi matbuot xizmatiga rahbarlik qilgan, shuningdek, Milliy ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi matbuot kotibi lavozimida ishlagan. 2022–2023-yillarda Prezident administratsiyasida AKT va jamoat loyihalari bo‘yicha yetakchi maslahatchi vazifasini bajargan.
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q