ChatGPT bepul repetitorlik rejimini joriy qildi

Saqlash
17:35 / 31.07.2025 580 0

OpenAI ChatGPTda repetitor oʻrnini bosuvchi yangi taʼlim rejimini taqdim etdi. Bu haqda Gazeta.ru nashri xabar berdi.

 

Bilimlarni bosqichma-bosqich mustahkamlashga qaratilgan Study Mode rejimi foydalanuvchiga nafaqat tayyor javoblarni olish, balki topshiriq va mavzularni qadamma-qadam tushunish imkonini ham beradi. Bu esa maʼlumotni chuqurroq oʻzlashtirishga yordam beradi.

 

Funksiya tizimda roʻyxatdan oʻtgan barcha tarif rejasidagi foydalanuvchilar, shuningdek, aʼzolikning bepul versiyasidagilar uchun ham mavjud. Taʼlim versiyasiga ChatGPT Edu rejimi bir necha hafta ichida qoʻshiladi.

 

Kompaniya bu innovatsiyani uy vazifalarini bajarishda, imtihonga tayyorlanish va yangi mavzularni oʻzlashtirishda yordamchi vosita sifatida joriy qilgan. Bunda foydalanuvchiga oʻziga mos va qulay uslubni tanlash — amaliyotga yoki vizual tushuntirishga urgʻu berish, shuningdek, joriy bilim darajasi va maqsadini belgilash taklif qilinadi.

 

Bu rejimda chat-bot xuddi raqamli repetitor kabi ishlaydi: tayyor javoblarni taqdim qilmaydi, balki aniqlashtiruvchi savollar va maslahatlar berish orqali foydalanuvchi mustaqil qaror qilishi uchun yoʻnalish beradi. OpenAI taʼkidlashicha, mazkur rejim oʻqituvchi va taʼlim sohasidagi mutaxassislar ishtirokida ishlab chiqilgan boʻlib, u ChatGPTning taʼlim berish salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan ilk qadam boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//