Yil boshidan beri qancha ayolga himoya orderi berilgani maʻlum qilindi

Saqlash
15:33 / 31.07.2025 91 0

 

Ijtimoiy himoya milliy agentligi 2025-yilning birinchi yarmida ayollarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish boʻyicha koʻrilgan chora-tadbirlar haqida maʻlumot berdi.

 

Unga koʻra, 2025-yilning yanvar–iyun oylarida tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan 41 051 nafar xotin-qizga himoya orderi rasmiylashtirilgan. “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan tazyiq va zoʻravonlikka uchragan 11 914 nafar ayolga kunduzgi ijtimoiy xizmatlar koʻrsatilgan.

 

Shuningdek, 4 006 nafar xotin-qizga birlamchi koʻmak xonalarida ijtimoiy yordam berilgan. Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlarida esa 512 nafar ayol hamda 709 nafar ularning farzandi joylashtirilib, ularga zarur ijtimoiy xizmatlar taqdim etilgan.

 

Taʻkidlanishicha, zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga himoya orderisiz ham ijtimoiy xizmatlar koʻrsatiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//