Ertaga aksariyat hududlarda kuchli shamol va chang-toʻzon kuzatiladi

Saqlash
12:34 / 31.07.2025 92 0

 

“Oʻzgidromet” 1-avgust, juma kuni uchun ob-havo prognozini eʻlon qildi.

 

Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi, kechga tomon 12-15 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22-24 daraja, kunduzi 34-36 daraja boʻladi.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-16 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 31-36 daraja boʻladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayadi, chang-toʻzon bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 19-24 daraja, kunduzi 33-38 daraja boʻladi.

 

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-16 metr/sekundgacha kuchayadi, chang-toʻzon bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 19-24 daraja, kunduzi 32-37 daraja boʻladi.

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-16 metr/sekundgacha kuchayadi, chang-toʻzon bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 21-26 daraja, kunduzi 35-40 daraja boʻladi.

 

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 19-24 daraja, kunduzi 32-37 daraja boʻladi.

 

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻladi. Toshkent, Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarining togʻoldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 23-28 daraja boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//