“Vatanga qaytarish” xayriya aksiyasiga start berildi

Saqlash
09:04 / 31.07.2025 47 0

30-iyul Butunjahon odam savdosiga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Migratsiya agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, Bandlik vazirligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda joriy yil 30-iyuldan 30-avgustgacha “Vatanga qaytarish” nomli xayriya aksiyasi o‘tkaziladi. 

 

Aksiya doirasida xorij davlatlarida og‘ir sharoitda qolgan O‘zbekiston fuqarolarini Vatanga qaytarish va ularni samarali reintegratsiya qilish maqsad qilingan.

 

Murojaat uchun:

Migratsiya agentligining xorijdagi  vakolatxonalari,

O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi vakolatxonalari hamda konsullik muassasalari,

@huquqiy_yordam_uzbot yoki 12-82 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//