Ayrim konsalting firmalar soxta hujjatlar bilan o‘qishga 3-4-kursdan kiritishni va’da qilmoqda. Vazirlik tekshiruv boshladi

Saqlash
08:49 / 31.07.2025 40 0

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim konsalting firmalarning 3-4 kursdan o‘qishga kiritishga va’da berayotgani haqida ochiq e’lonlari paydo bo‘ldi. Ushbu xabarlarga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi munosabat bildirdi.

 

Vazirlik matbuot xizmatining yozishicha, HEMIS tizimi orqali har bir talabaning qabul qilinishi, o‘qiyotgan yo‘nalishi va kursi aniq qayd etiladi. Xorijdan o‘qishini ko‘chirishda esa faqat rasmiy hujjatlar asosida, o‘quv rejalari solishtirilib, rektor buyrug‘i bilan qabul amalga oshiriladi. Bu jarayon elektron tizimda to‘liq va shaffof yuritiladi, asossiz ma’lumotlar kiritilmaydi.

 

Munosabatda aytilishicha, holat yuzasidan tekshiruv olib boriladi.

 

“Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mazkur masala yuzasidan tekshiruv olib bormoqda. Agar qonunbuzarlik holatlari aniqlansa, belgilangan tartibda huquqiy baho berilib, jamoatchilikka rasmiy axborot taqdim etiladi”, deyiladi vazirlik bayonotida.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//