
Jamiyat
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-iyuldagi tegishli qarori bilan “Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi dam olish maskanlariga dam oluvchilarni qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, vazirlik tizimidagi dam olish maskanlariga vazirlik tizimi xodimlari, jumladan, pedagog kadrlar hamda davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining (7-14 yosh) iqtidorli o‘quvchilarini qabul qilish tartibi belgilandi.
Dam olish maskanlarida:
vazirlik tizimi xodimlari hamda ilg‘or pedagoglar uchun — sentabr-may oylarida;
iqtidorli o‘quvchilar uchun — iyun-avgust oylarida 12 kunlik dam olish kunlari belgilanadi.
Yo‘llanmalar saralash mezonlari asosida taqsimlanadi hamda eng yuqori natijalarga erishgan vazirlik tizimi xodimlari, pedagog kadrlar hamda iqtidorli o‘quvchilarga ketma-ketlik asosida bepul yo‘llanma beriladi.
Maskanlarda dam oluvchi ilg‘or pedagoglar quyidagi mezonlar asosida tanlab olinadi:
xalqaro olimpiadalar g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar;
o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan xalqaro olimpiadalar g‘oliblari;
xorijiy til va STEAM fanlaridan mutaxassisligi bo‘yicha xalqaro sertifikatlarga ega o‘qituvchilar (TESOL Level 5, SEFR B2, IELTS 6 va undan yuqori, shuningdek, vazirlik tomonidan belgilanadigan boshqa sertifikatlar);
asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar;
respublika bosqichidagi ko‘rik-tanlovlarda faxrli o‘rinlarga ega bo‘lgan o‘qituvchilar;
oliy va birinchi malaka toifasiga ega boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari;
asosiy olimpiadalarning viloyat bosqichi g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar.
Maskanlarda dam oluvchi iqtidorli o‘quvchilar (7-14 yosh) quyidagi mezonlar asosida tanlab olinadi:
asosiy olimpiadaning uchinchi va to‘rtinchi bosqichlarida fanlar kesimida 1-, 2-, 3-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar;
mintaqaviy xalqaro olimpiadalar g‘oliblari;
nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etgan o‘quvchilar;
xalqaro tanlov, festival va musobaqa g‘oliblari;
respublika darajasidagi tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan turli ko‘rik-tanlovlar va musobaqalarning respublika bosqichi g‘oliblari.
Dam olish maskanlarida:
ma’naviy-ma’rifiy, ko‘ngilochar, sog‘lomlashtirish, sport, o‘quv va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida;
iqtidorli o‘quvchilarning turizm, sport, texnika, kitobxonlik, madaniyat va san’at yo‘nalishlaridagi qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida turli xil tadbirlar tashkil etiladi.
Siyosat
Ilm-fan
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q