
Madaniyat
Bugungi kunda oʻzbekistonda 130 dan ortiq millat va elat vakillari, 16 ta diniy konfessiya vakillari tinch-totuv istiqomat qilib kelmoqda. Turli millatlar va elatlarning madaniyati, tili, urf-odatlari, qadriyat va anʼanalarini saqlash hamda yosh avlodga yetkazish maqsadida 157 ta milliy madaniy markaz faoliyat koʻrsatib kelmoqda.
Oʻzbekiston oʻz hududida yashab kelayotgan barcha millat va elat vakillariga hamisha bagʻrikeng va tolerant munosabatda boʻlib keladi. Ularning har birining tili, dini va boshqa shaxsiyatlariga hurmat namunasi oʻlaroq mamlakatda milliy tele va radiokanallar 12 tilda efir olib boradi, gazeta va jurnallar 14 ta tilda chop etiladi. Bu esa oʻz oʻrnida barchaga teng sharoitda, axborotni ona tilida olish imkonini bermoqda. Oʻzbekistonda 2021-yil belgilangan qonun asosida 30-iyul Xalqlar doʻstligi kuni bayrami sifatida nishonlanadi. Bayram munosabati bilan 25–31-iyul kunlari Oʻzbekistonda millatlararo totuvlik va doʻstlikni tarannum etuvchi anʼanaviy “Doʻstlik” festivali tadbirlari tashkillashtirilgan.
Tadbirlar doirasida 29-iyul kuni Milliy madaniy markazlar pavilyonlarining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirni Oʻzbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmita raisi Qahramon Sariyev 30-iyul Xalqlar doʻstligi kuni bilan tabriklab, ochib berdi.
Prezident tashabbusi bilan barpo etilgan mazkur maskan Oʻzbekistonda istiqomat qiluvchi turli millat va elatlarni birlashtiradigan, oʻzida doʻstlik, hamjihatlik va bagʻrikenglikni aks ettiradigan manzil boʻlib xizmat qiladi. Bu esa mamlakatdagi barcha millatlarning birligi, qardoshligi, oʻzaro yordam va xilma xil madaniy merosiga hurmat ulugʻlanishining yana bir dalilidir.
Pavilyon qurilish jarayonlari bevosita yurtimizdagi milliy madaniy markazlar rahbarlari bilan maslahatlashgan amalga oshirilgan. Unda turli millat va elatlarning oʻziga xos madaniyat va milliy anʼanalarni ifodalovchi ikki qavatli binolar barpo etildi.
Ushbu pavilyonlar mamlakatimizda millatlararo totuvlik va umummilliy hamjihatlik borasida amalga oshirilayotgan ulkan islohotlarni ifodalaydigan, oʻzaro madaniy almashinuv maydoni vazifasini bajaradi.
Umummilliy totuvlik, hamjihatlikni taʼminlash sohasida alohida xizmatlari uchun 50 nafarga yaqin yurtdoshlar “Xalqlar doʻstligi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlanib, ularini tantanali topshirish marosimi festival doirasida boʻlib oʻtadi.
Shuningdek, mamlakatimizning barcha hududlarida, shu jumladan, chegaradosh hududlardagi mahallalarda xalq sayillari, konsert dasturlari, turli millat vakillarining badiiy havaskorlik jamoalarining chiqishlari, milliy sport oʻyinlari, milliy taomlar va milliy liboslar namoyishlari oʻtkaziladi.
“Oʻzbekiston – yagona Vatan!” shiori ostidagi Oʻzbekistonda boʻlib oʻtayotgan “Doʻstlik” festivali tadbirlari mamlakatdagi koʻp millatli jamiyatning yakdilligi va hamjihatligi, millatlararo munosabatlarning doʻstona asosda rivojlanib borayotganining yorqin ifodasi hisoblanadi.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q